Oferta
Kuchga kirgan sana: 2026-yil 27-noyabr
Bu hujjat Wowbook obunasini sotib olish shartlari. Toʻlov qilish bilan siz ushbu shartlarni qabul qilasiz (Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 370-modda). Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati ham amal qiladi.
Ijrochi: Normuminov Murod Shomurodovich, yakka tartibdagi tadbirkor (Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reestridagi yozuv № 8117129, 2026-yil 11-noyabr; guvohnoma № 7700687), STIR 530412810, Samarqand shahri. Aloqa: Telegram @bilimlinkbot.
Mijoz: wowbook.uz saytida roʻyxatdan oʻtgan va obuna uchun toʻlov qilgan shaxs.
Ijrochi Mijozga obuna muddati davomida wowbook.uz platformasidan foydalanish huquqini beradi: darslik sahifalarini audio, qoʻshiq va videolari bilan sinf ekranida ochish, uyga vazifani havola orqali berish va natijalarini koʻrish.
Yangi oʻqituvchi hamma kitoblardan 7 kun bepul foydalanadi. Obuna yoki bepul kunlar tugagach, har bir kitobning birinchi boʻlimi va berilgan uy vazifalarining natijalari ochiq qoladi.
Narxlar soʻmda koʻrsatilgan, obuna hamma kitoblarni ochadi. Narx oʻzgarsa, saytda kamida 14 kun oldin xabar beriladi; toʻlangan muddatning narxi oʻzgarmaydi.
Maktablar va oʻquv markazlari uchun narx alohida kelishiladi.
Ijrochi xizmat ishlashini taʼminlaydi, maʼlumotlarni himoya qiladi va katta texnik ishlarni oldindan eʼlon qiladi.
Mijoz hisobini boshqalarga bermaydi va oʻquvchilar maʼlumotlarini kiritishda qonun talablariga rioya qiladi: voyaga yetmaganlar uchun ota-ona yoki maktabning roziligi boʻlishi kerak.
Shaxsiy maʼlumotlar Maxfiylik siyosati asosida qayta ishlanadi. Serverlar Germaniyada (Hetzner) joylashgan: Germaniya shaxsiy maʼlumotlarni olib chiqish mumkin boʻlgan davlatlar roʻyxatida.
Obuna tugagach ham Mijoz maʼlumotlari oʻchirilmaydi. Mijoz istalgan vaqtda ularni oʻchirishni soʻrashi mumkin.
Qonunda boshqacha belgilanmagan boʻlsa, Ijrochining javobgarligi Mijoz oxirgi 12 oyda toʻlagan summa bilan cheklanadi. Internet yoki toʻlov tizimlaridagi uzilishlar uchun Ijrochi javob bermaydi.
Nizolar muzokara yoʻli bilan hal qilinadi. Kelishilmasa, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sudda koʻriladi.
Savollar boʻlsa
Toʻlov, obuna yoki pulni qaytarish boʻyicha Telegramda yozing: @bilimlinkbot.
Telegramda yozish