Oʻqituvchilar uchun
PDF, PowerPoint, Word fayl yoki rasmni yuklang. Bilimlink undan ish varaqasi tayyorlaydi. Talabalar uni telefonda yoki qogʻozda bajaradi, siz esa tekshirilgan natijalarni olasiz.
Onlayn yoki qogʻozda
Talabaga akkaunt kerak emas
Materialni yuklang
PDF, PowerPoint, Word fayl yoki rasm. Yoki shunchaki mavzuni yozing.
Topshiriqni tayyorlang
Bilimlink savollarni tuzadi. Xohlasangiz, tahrirlaysiz yoki oʻzgarishni oddiy soʻz bilan soʻraysiz.
Talabalar bajarsin
Telefonda yoki qogʻozda.
Natijani oling
Bilimlink javoblarni tekshiradi va natijalarni tayyorlab beradi.
Oddiy qogʻoz skan tayyor natija
Talaba odatdagidek qoʻlda ishlaydi.
Dars oxirida javoblar varaqasini telefonida suratga oladi yoki varaqani sizga topshiradi.
Bilimlink javoblarni oʻqiydi, baholaydi va natijani sizga yuboradi.
Savollar varaqasini bir marta chop etib, keyingi darslarda yana ishlatishingiz mumkin. Har safar faqat javoblar varaqasini chop etasiz.
20 ta varaqa ≈ 5 daqiqaHar bir varaq bir necha soniyada tekshiriladi
Varaqalarni yigʻib oling va oʻz telefoningiz bilan bittalab skanerlang.
Har bir varaq uchun talabaning ismini tanlaysiz va suratga olasiz: baho oʻsha talabaga saqlanadi.
Uy vazifasi ham shunday: talabalar varaqani topshiradi, siz skanerlaysiz.
Avval
Tayyorlash
Tekshirish
Koʻp vaqt ketadi.
Bilimlink bilan
Tayyorlash
Darsda
Tekshirish
Natija tayyor.
Faqat shubhali javoblarni oʻzingiz koʻrasiz.
Tayyorlashga kamroq vaqt
Topshiriq oʻz materialingizdan tuziladi. Kerak boʻlsa, tahrirlaysiz.
Tekshirishga kamroq vaqt
Onlayn javoblar avtomatik tekshiriladi. Qogʻozdagi javoblarni skanerlaysiz, qolganini Bilimlink qiladi.
Natijani darhol koʻrasiz
Kim qanday ishlagani, qaysi savol eng qiyin boʻlgani va guruhning umumiy natijasi bir sahifada.
Uch tilda ishlaydi
Savollar oʻzbek, rus yoki ingliz tilida tuziladi, material boshqa tilda boʻlsa ham.
Telefonida havolani ochadi yoki QR-kodni skanerlaydi va topshiriqni bajaradi.
Hammasi bitta seminar misolida.
Darsdan oldin
Shu hafta ishlatadigan slaydlaringizni biriktiring va nima kerakligini yozing:
«Inflyatsiya boʻyicha 15 daqiqalik test, 10 ta savol.»
Taxminan bir daqiqada ish varaqasi tayyor boʻladi.
Darsdan oldin
Tayyor varaqani oʻqib chiqing. Istalgan matnni bosib tuzating, boshqa toʻgʻri javobni belgilang yoki oʻzgarishni oddiy soʻz bilan soʻrang:
«3-savolni qiyinroq qil.»
Oʻzgargan joylar ajratib koʻrsatiladi. Kerak boʻlsa, «Bekor qilish» tugmasi bilan oʻzgarishlarni qaytarasiz.
Darsdan oldin
Onlaynhavolani guruhning Telegram chatiga yuboring yoki QR-kodni auditoriya ekranida koʻrsating.
Qogʻozdasavollar varaqasini bir marta, javoblar varaqasini esa har bir talaba uchun chop eting.
Dars paytida
Talabalar javoblarini javoblar varaqasidagi katakchalarga yozadi.
Dars oxirida varaqani yuborishni 15 daqiqaga ochasiz. Talabalar auditoriyadan chiqishdan oldin javoblar varaqasini telefonida suratga oladi. Yoki varaqalarni yigʻib olib, oʻz telefoningiz bilan bittalab skanerlaysiz.
Darsdan keyin
Talaba javobini oʻzi yuborsa, natijasini darhol telefonida koʻradi.
Siz esa butun guruh natijasini koʻrasiz: talabalar ismi, bahosi, har bir javoblar varaqasining surati va qoʻlda koʻrib chiqish kerak boʻlishi mumkin boʻlgan javoblar.
Darsdan keyin
Baholarni Excelda ishlatish uchun CSV fayl sifatida, tayyor varaqani esa PDF shaklida yuklab olasiz.
Bilimlink tayyor savollarni shunchaki mavzu boʻyicha tuzmaydi. Siz bergan materialga asoslanadi.
Fan dasturi (sillabus), slaydlar, darslik sahifalari, Word fayllar, rasmlar yoki skrinshotlarni yuboring.
Oʻzbek, rus yoki ingliz tilida ishlaydi.
Har bir savol qaysi slayd yoki sahifaga asoslanganini koʻrsatishi mumkin.
Test, toʻgʻri/notoʻgʻri/berilmagan, moslashtirish, qisqa javob va boshqa savol turlari.
Chizmangizdagi qismlarni belgilashgacha boʻlgan 11 xil savol turi mavjud.
Test
Bir nechta variantdan bitta toʻgʻri javob.
Bir necha javob
Toʻgʻri boʻlgan hamma javobni belgilash.
Toʻgʻri / notoʻgʻri / berilmagan
Fikr toʻgʻrimi, notoʻgʻrimi yoki matnda umuman yoʻqmi?
Moslashtirish
Atamani taʼrifga, sababni oqibatga.
Boʻsh joylar
Tushib qolgan soʻzlar, xohlasangiz soʻzlar roʻyxati bilan.
Qisqa javob
Katakka yoziladigan soʻz yoki qisqa ibora.
Tartibga solish
Jarayon bosqichlari, voqealar ketma-ketligi.
Guruhlash
Har bir element oʻz sarlavhasi ostiga.
Rasmni belgilash
Oʻz chizmangizdagi raqamlangan nuqtalar.
Ortiqchasini topish
Qatorga tegishli boʻlmaganini topish.
Xatoni topish
Fikrdagi xatoni aniqlash.
Savollarni tayyor holicha qabul qilishingiz shart emas: istalgan matnni bosib oʻzgartiring yoki oʻzgarishni oddiy soʻz bilan soʻrang.
Onlayn
Havola, Telegram yoki QR-kod orqali ulashing. Talabalar telefonda javob beradi, natijalar javoblar kelishi bilan chiqib boradi.
Qogʻozda
Savollar varaqasini chop eting. Talabalar javoblar varaqasiga yozadi va dars oxirida telefonida suratga oladi yoki varaqani sizga topshiradi.
Talabaga ilova ham, akkaunt ham kerak emas.
Har bir talabaning ismi va bahosi
Har bir javoblar varaqasining surati
Oʻqilishi qiyin yoki qoʻlda koʻrib chiqish kerak boʻlishi mumkin boʻlgan javoblar
Excelda ishlatish uchun CSV fayl
Talaba javobini oʻzi yuborsa, natijasini telefonida koʻradi.
Har bir hafta mavzusi uchun alohida ish varaqasi tayyorlang va kurs davomida materiallarni bir joyda saqlang.
Kompyuter yoki telefon
Ish varaqasini tuzish uchun. Tekshirish va tahrirlash noutbukda qulayroq.
Printer (agar qogʻozda ishlasangiz)
Savollar varaqasini bir marta chop etib, keyingi darslarda yana ishlatishingiz mumkin. Har safar faqat javoblar varaqasini chop etasiz.
Talabalarning telefoni (shart emas)
Boʻlsa, talaba QR-kodni skanerlaydi, ismini tanlaydi va varaqasini oʻzi suratga oladi. Boʻlmasa, varaqalarni yigʻib olib, oʻz telefoningiz bilan skanerlaysiz. Ilova ham, akkaunt ham kerak emas.

Murod Normuminov
Bilimlink hozircha katta kompaniya emas.
Uni oʻqituvchilar har kuni duch keladigan oddiy muammolarni hal qilish uchun yaratdim: material tayyorlash, topshiriq tarqatish va eng muhimi, hammasini tekshirishga vaqt topish.
Shuning uchun Bilimlinkni avval oʻzim va boshqa oʻqituvchilar bilan sinab koʻryapman. Sizning fikringiz keyingi versiyalarga taʼsir qiladi: biror narsa kerakli tarzda ishlamasa, Telegramda yozing.
Telegramda yozishSinov davri
Bu kuzda Bilimlinkni Oʻzbekistondagi xususiy universitetlar oʻqituvchilari bilan birga sinab koʻryapmiz.
Hozir sinab koʻring: sinov davrida bepul.
Keyin nima boʻlishini oʻqituvchilarning real ehtiyoji va fikrlari belgilaydi.
Sinab koʻrishYoʻq. Ilova ham, akkaunt ham kerak emas. Qogʻozda ishlasangiz, talabaga telefon ham shart emas: varaqalarni oʻzingiz skanerlashingiz mumkin.
Varaqalarni yigʻib oling va oʻz telefoningiz bilan bittalab skanerlang: har bir varaq uchun talabaning ismini tanlaysiz va suratga olasiz. Baho oʻsha talabaga saqlanadi. Uy vazifasi ham shunday.
PDF, PowerPoint (.pptx), Word (.docx), rasm yoki skrinshot. Bir nechta faylni birga yuklash mumkin. Fayl boʻlmasa, mavzuni yozing yoki YouTube videosiga havola bering.
Har bir talabaning oʻz javoblar varaqasi boʻladi. Talaba uni dars oxirida telefonida suratga oladi yoki siz varaqalarni yigʻib, oʻz telefoningiz bilan skanerlaysiz. Bilimlink katakchalardagi javoblarni oʻqiydi va toʻgʻri javob bilan solishtiradi. Oʻqilishi qiyin yoki shubhali javoblar alohida belgilanadi, bahoni esa istalgan vaqtda oʻzingiz oʻzgartirasiz.
Ha. Istalgan matnni bosib oʻzgartirasiz yoki boshqa toʻgʻri javobni belgilaysiz. Oʻzgarishni oddiy soʻz bilan ham soʻrashingiz mumkin: «3-savolni qiyinroq qil» yoki «16-savolni olib tashla».
Sunʼiy intellekt xato qilishi mumkin. Tayyor varaqani talabalarga berishdan oldin tekshirib chiqing.
Bilimlink fan dasturi, slaydlar, darsliklar va boshqa oʻquv materiallaridan ish varaqalari tayyorlaydi. Oʻzbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi.
Yoʻq. Savollar varaqasini qayta ishlatishingiz mumkin. Har bir dars yoki guruh uchun faqat javoblar varaqasini chop etasiz.
Buni xohlamasangiz, yoʻq. «Darsda, men ochganimda»ni tanlang: siz ochmaguningizcha varaqani yuborib boʻlmaydi. Masalan, dars oxirida uni 15 daqiqaga ochasiz.
Ha. Sinov davrida Bilimlinkdan bepul foydalanishingiz mumkin.
Slaydlaringizni biriktiring yoki mavzuni yozing. Taxminan bir daqiqada topshiriq tayyor boʻladi: tekshirib chiqasiz va talabalarga yuborasiz yoki chop etasiz. Sinov davrida bepul.
Sinab koʻrish