Darslik sinfda jonlanadi.
Guess What! va Prepare sahifasi sinf ekranida: audio, video va javoblar shu sahifaning oʻzida.

Audio shu yerdaVideo sahifadaJavoblar oʻzi tekshiriladiDarsliklar
Guess What! 1–6 va Prepare 7–11
Guess What! 1, 2, 5, 6 va Prepare 7, 8 tayyor: har birida darslik ham, ish daftari ham. Qolganlari navbat bilan qoʻshiladi.
Guess What!
Prepare
Bitta dars Wowbook bilan
Darsdan oldin, darsda va darsdan keyin
- Darsdan oldin

Sahifani tanlaysiz
Mundarijadan bugungi boʻlimni ochasiz: sahifa, uning audiosi va videosi bir joyda.
- Darsda

Sahifa doskada jonlanadi
Mashqni bosasiz, audio kerakli joydan yangraydi. Teacher's Book va javoblar sahifaning yonida turadi.
- Darsdan keyin


Uy vazifasi oʻzi tekshiriladi
Havolani ota-onalar guruhiga yuborasiz. Oʻquvchi telefonda bajaradi, kim nima qilgani hisobotda koʻrinadi.
Oʻquvchi koʻzi bilan
Uy vazifasini oʻzingiz bajarib koʻring
Bu haqiqiy uy vazifasi: Guess What! 1, 1-boʻlimdan uchta mashq. Oʻquvchi aynan shuni koʻradi: ismini yozadi, mashqni bajaradi, javobi oʻsha zahoti tekshiriladi.
Roʻyxatdan oʻtish shart emas.

Kimlar uchun va narxi
Maktab oʻqituvchilari uchun
Oʻqituvchiga
Oʻz hisobingiz va oʻz sinflaringiz. Darslik sinf ekranida, uy vazifasi bitta havola bilan, natijalar sizga keladi.
Koʻp soʻraladigan savollar
Oʻquvchilar roʻyxatdan oʻtishi kerakmi?
Yoʻq. Oʻquvchi havolani ochadi, ismini yozadi va boshlaydi. Parol ham, ilova ham kerak emas.
Sinfda nima boʻlishi kerak?
Doska yoki proyektor va internet. Oʻquvchilar kam boʻlsa, noutbukning oʻzi yetadi. Hech narsa oʻrnatilmaydi, hammasi brauzerda ochiladi.
Hozir qaysi darsliklar tayyor?
Guess What! 1, 2, 5, 6 va Prepare 7, 8 toʻliq: Student's Book va Workbook, audio va videolari bilan. Qolganlari navbat bilan qoʻshiladi.
Qogʻoz darslik bilan birga ishlatsa boʻladimi?
Ha. Ekrandagi sahifalar partadagi kitob bilan bir xil, shuning uchun kitobiga qarab oʻtirgan oʻquvchi adashmaydi.











